Isroil G‘azoning markaziy qismini bombardimon qildi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
13 iyul
4985Isroilning aviatsiya qo‘shinlari Falastinning Dayr al-Bala shahridagi uylardan biriga zarba berishi oqibatida yana ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anodolu” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, anklavdagi uylarning biri bombardimon qilinishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, ko‘plab odam jarohatlangan.
G‘azo sektorining markaziy qismidagi “Nusayrat” qochqinlar lagerining shimoliy hududlari ham Isroil artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutilgan. Biroq, ushbu hujumlar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Bundan tashqari, Xon Yunusdagi Al-Mavosi hududiga bir necha havo hujumlari uyushtirilgan. Oqibatda halok bo‘lgan falastinliklar soni 70 dan ortiq ekani aytilmoqda. Isroil kuchlari ayni paytda ham hududga havo, dengiz va quruqlikdan zarba berishda davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning 7 oktyabridan beri G‘azoda 38 300 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, ularning aksariyati ayollar va bolalar edi. Bundan tashqari, 88,2 mingdan ortiq odam tan jarohati olgan, buni mahalliy sog‘liqni saqlash organlari ma’lumotlari ham tasdiqlaydi. Isroilda qurbonlar soni esa 1200 ga yaqinlashgan. Isroilning sakkiz oydan ortiq davom etgan hujumlari oqibatida blokadadagi G‘azo sektorining keng hududlari vayronalarga aylangan. Isroil blokadasi tufayli mahalliy aholi oziq-ovqat, toza suv va dori-darmonlarning keskin tanqisligiga duch keldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azo sektoridagi BMT maktabiga zarba bergandi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa sektorda HAMASga qarshi shiddatli janglar bosqichi yakunlanayotganini aytgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi