Isroil G‘azoning 40 foizi ustidan nazorat o‘rnatganini e’lon qildi

Olam

image

Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) G‘azo shahri hududining 40 foizi ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda kecha, 4 sentyabr kuni SAXAL vakili, brigada generali Efi Defrin ma’lum qildi.

“Operatsiya kengayadi va kuchayadi. Biz HAMASni hamma joyda ta’qib qilishda davom etamiz”, deydi Defri.

SAXAL vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Zaytun va Shayx Radvan hududlarida bo‘linmalar ishlamoqda. Defrinning ta’kidlashicha, harbiy missiya faqat isroillik barcha garovga olinganlar ozod qilinganidan va HAMAS hukmronligi yo‘q qilingandan keyingina tugaydi.

Isroil tinch aholini o‘z xavfsizligi uchun G‘azodan evakuatsiya qilishga chaqirdi. Isroil tomoniga ko‘ra, 70 ming kishi allaqachon shaharni tark etgan.

SAXAL 20 avgust kuni G‘azo shahriga hujum boshladi va 29 avgust kuni uni “xavfli jangovar hudud” deb e’lon qildi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu idorasining bildirishicha, urush faqat barcha garovga olinganlarni ozod qilish, HAMASni to‘liq qurolsizlantirish, G‘azo sektorini qurolsizlantirish va xavfsizlikni Isroil nazorat qilishi bilan yakunlanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing