Isroil G‘azoni bombardimon qilishi oqibatida yana 100 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
12 fevral
4597Isroil G‘azo sektorining Misr bilan chegaradosh hududlariga zarba berishi oqibatida 100 kishi halok bo‘lib, 230 dan ortiq kishi jarohatlandi. Ularning aksariyati ayollar va bolalardir.
Isroil G‘azo sektorining anklav janubida joylashgan Misr bilan chegaradosh hududlariga zarba berishda davom etmoqda. Bu haqda Livanning "Al-Mayadin" telekanaliga tayanib, TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, qutqaruvchilar va tez yordam xodimlari Rafahdagi bombardimondan so‘ng vayronalar ostida qolgan tinch aholi vakillariga hali yetib bora olmayapti. Jarohatlangan ayollar va bolalar holati ayanchli ahvolda qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 10 fevral kuni ham Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorining janubiy qismiga zarbalar bergandi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi