Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan oxirgi kemani ham to‘xtatdi
Olam
−
03 Oktabr 5154 2 daqiqa
Isroil harbiylari xalqaro “Global Sumud” flotiliyasini hujum orqali to‘xtatib, missiya tarkibidagi oxirgi kemani noqonuniy ravishda egalladi.
Bugun, 3 oktyabr kuni hodisa joyidan jonli efirda ko‘rsatilgan kadrlarda “Marinett” nomi bilan atalgan kemaga Isroil harbiy kemasi yaqinlashayotgani ko‘rinadi. Hujumni kutgan faollar o‘z mobil telefonlarini suvga tashlay boshlagan.
Hujumda ishtirok etgan Isroil askarlari faollarni noqonuniy ravishda hibsga olgan bo‘lishi ehtimol qilinyapti.
Bundan oldinroq Isroil kuchlari flotiliya tarkibidagi o‘nlab kemalarga hujum qilgan edi. Bu kemalardagi yuzlab ishtirokchilar amaldagӣ Isroil blokadasini yorib o‘tish va G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkazish uchun yo‘lga chiqqan edilar.
Xalqaro “Global Sumud” flotiliyasi
Xalqaro “Global Sumud” flotiliyasi o‘nlab kemalardan iborat bo‘lib, bir necha kundirki G‘azo tomon harakat qilmoqda. Uning bortida katta miqdorda insonparvarlik yordami, jumladan dori-darmonlar ham bor. Bu flotiliya – hozirgacha Falastin eksklaviga yo‘l olganlar ichidagi eng yirigi hisoblanadi.
“Sumud” so‘zi arab tilidan “matonat”, “soqovlik” yoki “mustaxkam iroda” deb tarjima qilinadi. 1967 yilgi Olti kunlik urushdan keyin bu atama falastinliklar uchun bosim ostidagi qarshilik va omon qolish strategiyasini ifoda etuvchi asosiy tushunchaga aylangan.
“Sumud” falastinliklarning o‘z yerlarini saqlab qolishini, milliy o‘zligini va madaniyatini asrab-avaylashini hamda zo‘ravonliksiz qarshilik shakllaridan – fuqaroviy itoatsizlik va muqobil institutlar yaratish kabi usullardan foydalanishini anglatadi. Falastin ramzshunosligida “Sumud”ni ifodalash uchun an’anaviy ravishda zaytun daraxti va homilador dehqon ayol kabi obrazlar ishlatiladi.
Eslatib o‘tamiz, 1 oktyabr kuni kechqurun Isroil harbiy-dengiz kuchlari G‘azoga gumanitar yordam yetkazish uchun yo‘lga chiqqan “yordam flotiliyasi”ni to‘xtatgandi. Bir nechta kemalar zarar yetkazilmagan holda ushlab qolingan va yo‘lovchilar Isroil portlariga olib borilgan.