Isroil G‘azodagi operatsiyalarni yakunlasa, unga qarshi hujumlar to‘xtaydi – Eron 

Olam

image

Isroil G‘azodagi operatsiyalarni yakunlasa, unga qarshi hujumlar to‘xtaydi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bag‘ri Kani ma’lum qildi.

“Isroil G‘azo sektoridagi jinoyatlari to‘xtashi bilanoq, qarshilik kuchlari boshqa yo‘nalishlarda harakat qilishi mumkin. Ammo Isroilning G‘azodagi jinoyatlari va genotsidlari davom etar ekan, qarshilik o‘z manfaatlaridan kelib chiqib harakat qilish huquqiga ega”, deydi u Amerikaning CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Ali Bag‘ri Kanining so‘zlariga ko‘ra, yahudiy davlati vaziyatni hech qachon o‘z foydasiga o‘zgartira olmaydi. 

“2023 yil 7 oktyabrgacha  mintaqadagi qarshilik kuchlari o‘rtasida bunday muvofiqlashtirish yo‘q edi, isroilliklarga Iroq va Yaman tomonidan tahdid qilinmagan, ammo 7 oktyabrdan keyin bu holat o‘zgargan”,  deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Isroilni Livanning “Hizbulloh” harakatiga qarshi keng qamrovli urush olib borish oqibatlari haqida ogohlantirgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eron Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing