Isroil G‘azodagi Indoneziya shifoxonasini o‘qqa tutmoqda
Olam
−
20 noyabr 2023 4813 1 daqiqa
Isroil G‘azo sektori shimolidagi Indoneziya shifoxonasini intensiv o‘qqa tutmoqda. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yirik artilleriya tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida shifoxonadagi ko‘plab bemorlar va qochqinlar jarohatlangan.
Bundan tashqari, tibbiyot muassasasi hovlisida snaryad portlashidan keyin kamida bir tibbiyot xodimi jarohatlangan.
Telekanalga ko‘ra, Isroil kuchlari Indoneziya shifoxonasi hududini tark etishga uringan har bir kishiga qarata o‘q uzmoqda.
"Biz yaqin atrofda yashovchi ba’zi odamlar bilan gaplashdik va ular bizga Isroil kuchlari hozirda Indoneziya shifoxonasini o‘rab olib, uning atrofini bombardimon qilishayotganini aytishdi. Aftidan, Indoneziya shifoxonasiga bostirib kirishga urinish bo‘lgan", deb yozadi telekanal.
“Al Jazeera”ning qayd etishicha, G‘azodagi yagona tibbiy xizmat ko‘rsatayotgan Indoneziya shifoxonasida generator o‘chirilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025