Isroil G‘azodagi gumanitar zonaga zarba berdi
Olam
−
10 Sentabr
1664Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi gumanitar hududga havo hujumlari uyushtirilgani, falastinliklar esa, o‘nlab odamlarning halok bo‘lgani haqida xabar berdi.
Isroil armiyasiga ko‘ra, bugun, 10 sentyabrga o‘tar kechasi HAMAS harakatining qo‘mondonlik markazini o‘qqa tutish chog‘ida “yuqori martabali terrorchilar” yo‘q qilingan.
Shu bilan birga, Falastin qutqaruv xizmatlari vakili AFP agentligiga bergan intervyusida G‘azo sektori janubidagi Xon Yunisdagi Al-Mavozi gumanitar zonasiga berilgan zarbada atrofdagi shifoxonalarga yotqizilgan kamida 40 kishi halok bo‘lganini, yana 60 kishi yaralanganini ma’lum qildi.
“Guruhlarimiz bedarak yo‘qolgan 15 kishini qutqarishda davom etmoqda”, deydi u.
U hujumda 7ko‘chirilganlarning chodirlari” nishonga olinganini ta’kidladi. Falastin fuqarolik mudofaasining boshqa ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil zarbasi ulkan kraterlarni qoldirgan.
“Jasadlari qum vayronalari va chuqur teshiklarda g‘oyib bo‘lgan al-Mavozi qirg‘ini qurbonlari butun oilalar bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi