Isroil G‘azo sektoriga havo hujumini uyushtirdi

Olam

image

Bugun, 18 iyun Isroil harbiy-havo kuchlari blokada qilingan Falastin eksklavi G‘azo sektorining shimoliga zarbalar berdi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar bermoqda.

Isroilning havo hujumlari G‘azo shimolidagi Beyt Lahiya aholi punktiga uyushtirildi. Bomba tashlangan ob’ekt haqida hamon ma’lumot berilmagan. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ham yo‘qotishlar haqida ma’lumot bermadi.

Avvalroq, 16 iyun kuni Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlari HAMAS harakatining G‘azo sektoridagi o‘quv lageriga hujum qilgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida Isroil-Falastin mojarosi keskinlashib, to‘qnashuvlar boshlangandi. 7 may kuni boshlanib, 11 kun davom etgan o‘zaro havo hujumlari natijasida G‘azo sektorida yashovchi 232 nafar arab halok bo‘lgan va 1900 ga yaqini jarohat olgan. Isroilda esa 12 nafar inson vafot etgan, yuzlab odamlar yaralangan.

Islomjon Omonjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

124

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing