Isroil G‘azo sektorida yangi yo‘lak ochdi

Olam

image

Isroil harbiylari G‘azo sektorining shimolida kengligi bir kilometrgacha bo‘lgan yangi yo‘lak ochdi. Ushbu harakat yahudiy davlatining Falastin anklavida uzoq vaqt qolish rejasini anglatishi mumkin. Bu haqda sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga tayanib, “Sky News” telekanali xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, yo‘lak Isroilning G‘azo sektori bilan chegarasidan Bayt Xanun shahrigacha o‘tadi. Koridor uchun yahudiy davlati askarlari bir nechta turar-joy binolarini buzgan. Bu zirhli transport vositalarining harakatlanishi uchun zarur bo‘lgan.

Sud-tibbiy me’morchilik bo‘yicha ekspert Samaneh Moafiga ko‘ra, Isroil rasmiylarining harakati “tozalangan mustamlakachilik texnikasi”ga o‘xshaydi va ularning maqsadi Falastin xalqini parchalash va bo‘lib tashlash.

Bundan tashqari, Isroil G‘azo sektoridagi ikkita strategik muhim Netzarim va Filadelfiya yo‘laklarini ham nazorat qilmoqda. Ularning birinchisi G‘azo shahri yaqinidan o‘tadi va Falastin anklavini g‘arbdan sharqqa ajratadi, ikkinchisi esa Misr bilan chegarada joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azo-Misr chegarasi rejasini tasdiqlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing