Isroil G‘arbiy Sohilda kamida 15 falastinlikni qo‘lga oldi

Olam

image

Isroil askarlari oxirgi 24 soat ichida bosib olingan G‘arbiy Sohilning turli hududlarida kamida 15 nafar falastinlikni qo‘lga oldi. Bu haqda Falastin asirlar uyushmasi Mahbuslar va ozod qilinganlar qo‘mitasi va Falastin ozodlik tashkiloti tomonidan berilgan yozma bayonotda keltirilgan.

Bosqinlar Ramalloh, Al-Xalil, Ericha, Qalqilya va Quddus kabi shaharlarda bo‘lib o‘tgan. Hibsga olinganlar orasida falastinliklar va avvalroq Isroil qamoqxonasidan chiqqan bir nafar ayol ham bor.

Ta’kidlanishicha, SAXAL G‘azoga hujumini boshlagan paytdan beri, bosib olingan G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda falastinliklarga qarshi hibsga olishlar, reydlar va hujumlar soni ortib bormoqda.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning 7 oktyabrdan beri G‘arbiy Sohilda Isroil harbiylari tomonidan qo‘lga olingan falastinliklar soni 9535 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'arbiy Sohil TsAXAL falastinlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing