Isroil fuqarolarini O‘zbekistonga bormaslikka chaqirdi

Olam

image

Isroil rasmiylari G‘azo sektorida HAMASga qarshi davom etayotgan harbiy amaliyotlar sabab yuzaga kelayotgan hujumlar tahdidi tufayli o‘z fuqarolariga bir qancha mamlakatlarda, jumladan Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Avstraliya, Argentina va Braziliyada qolishda alohida ehtiyot bo‘lishni tavsiya qildi.

“Milliy xavfsizlik kengashining Milliy xavfsizlik shtab-kvartirasi bugun, 4 dekabr kuni tahdidning jiddiyligidan kelib chiqqan holda yangilangan xalqaro sayohat maslahatlarini e’lon qilmoqda”, deyiladi Isroil Bosh vaziri devoni bayonotida.

Milliy xavfsizlik kengashi tomonidan tarqatilgan dunyo xaritasiga ko‘ra, isroilliklardan o‘ta ehtiyotkor bo‘lishni talab qiladigan tahdidning ikkinchi darajasi Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya, Argentina va Braziliya, shuningdek, Avstraliyaga nisbatan qo‘llanilgan. 

Keraksiz sayohatlardan qochishni talab qiluvchi uchinchi daraja Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston, shuningdek, Janubiy Afrika va Eritreyaga berilgan.

“Eron va uning ishonchli vakillari, jumladan, HAMAS va “Islomiy Jihod” butun dunyo bo‘ylab isroilliklar va yahudiylarga qarshi hujumlar uyushtirish harakatlarini kuchaytirdi. Shu asosda, butun dunyo bo‘ylab gijgijlash, hujumga urinish va antisemitizm darajasining o‘sishi bilan bir qatorda, Milliy xavfsizlik kengashi isroilliklarga hozirgi vaqtda barcha zarur bo‘lmagan sayohatlarni qayta ko‘rib chiqish tavsiyasini takrorlaydi”, deyiladi bayonotda.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing