Isroil Falastin xalqiga qarshi irqchilik va zulm qilmoqda – “Amnesty International”

Olam

image

Isroil davlati yahudiylar manfaati uchun Falastin aholisiga nisbatan zulm va hukmronlikning institutsional rejimini qo‘llab kelmoqda. Bu haqda kecha, 1 fevral kuni inson huquqlari bo‘yicha tashkilotlar o‘tkazgan tekshiruvlarga asoslanib, “Amnesty International” e’lon qilgan yangi bayonotda so‘z boradi. 

Jahonning inson huquqlari bo‘yicha yetakchi tashkiloti e’lon qilgan 280 sahifadan iborat hisobotda, Isroil hukumati Falastin xalqi ustidan hukmronlik qilib ularga nisbatan qanday tizimli qiynoqlarni qo‘llab kelayotgani haqida bayon qilingan. 

Tashkilot o‘z bayonotida Isroilni bir nechta qiynoqlarni amalga oshirganlik, Falastin xalqining uy-joy va mol-mulklariga noqonuniy yo‘l bilan ega chiqish, asossiz o‘limlar, kuch bilan ko‘chirish, harakatlanishni keskin cheklash, ma’muriy hibsga olish va falastinliklarni millat va fuqarolikdan mahrum etishda ayblagan. 

U bularning barchasini xalqaro huquqlarga zid tizimli irqchilik harakatlarlarining namunasi deya atagan. 

“Ushbu tizim “Amnesty International” inson huquqlariga qarshi jinoyat va irqchilik shakli deya topgan qiynoqlar namunasidir”, deyiladi tashkilot bayonotida. 

Isroil Tashqi ishlar vaziri Yair Lapid “Amnesty International” hisobotini inkor etib, uni “haqiqatdan yiroq” va tashikotning o‘zini esa “terrorchi tashkilotlar kabi yolg‘on xabarlarni tarqatish”da ayblagan. Unga ko‘ra, tashkilot o‘z ayblovlariga qarshi asos keltirib, ko‘rsatma bera olmaydi.

“Euro-Med” inson huquqlari monitoringi tashkiloti raisi Rami Abdu, Isroilni o‘nlab yillar davomida inson huquqlari bo‘yicha tashkilotlar berayotgan bayonotlarni tan olmasdan, ularni “anti-semantik” deya atab, inkor qilishda ayblagan. 

“Ushbu siyosat Isroilning Strategik ishlar vazirligi tomonidan qabul qilingan va Isroil o‘z tanqidchilari, hukumatga qarshi faollar va huquq tashkilotlarini anti-semitizmda ayblab keladi”, degan Rami Abdu “Al-Jazeera”ga bergan intervyusida. 

9,5 million Isroil aholisining 20 foizini tashkil etadigan falastinlik arablar 2018-2019 yillar G‘azo sektorining sim to‘siq va devorlar bilan o‘rab olinishi ortidan o‘z uy-joylari va fuqaroligidan mahrum bo‘lgan edi. O‘shanda hukumatga qarshi namoyish o‘tkazgan xalq Isroil politsiyasi tomonidan ayovsiz ta’qibga uchragan va qamalgan.

“Qaytish marshi” nomini olgan namoyishlarni Isroil politsiyasi rezina o‘qlar va ko‘zni yoshlantiruvchi gazlar yordamida bostirgan. Namoyishlarni bostirish davomida Isroil politsiyasi 214 nafar falastinlikning o‘limiga sabab bo‘lgan, halok bo‘lganlar orasida 46 nafari yosh bolalar ham bo‘lgan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

154

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing