Isroil dronlar bilan Livan janubiga zarba berdi
Olam
−
25 iyun 4234 1 daqiqa
Isroil armiyasi Livan janubiga, Nabatiya provinsiyasining Bint-Jbeyl tumanida joylashgan Ayta ash-Shab qishlog‘i yaqinida uchuvchisiz samolyot bilan zarba berdi. Bu haqda Livan milliy agentligi NNA xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, zarba tamaki ekiladigan maydonlar yaqinida o‘tkazilgan. Hujum oqibatida hech kim jabrlanmadi.
Bir kun avval, 24 iyun kuni xuddi shu viloyatning Keferdejaal qishlog‘iga Isroil uchuvchisiz samolyotining xuddi shunday hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘lgan edi.
Isroil va Livan o‘rtasida 2024 yilning 27 noyabr kuni kuchga kirgan otashkesimga qaramay, Isroil armiyasi mamlakat janubida deyarli har kuni havo va quruqlik amaliyotlarini davom ettirmoqda.
O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi boshlanganidan beri, Livan tomoniga ko‘ra, Isroil 3 mingga yaqin qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan. Bu davrda kamida 213 kishi halok bo‘ldi, 508 kishi yaralandi.
Isroil armiyasi Livan janubidan qisman chiqib ketgan bo‘lsa-da, so‘nggi janglarda qo‘lga kiritilgan beshta strategik balandlikni ushlab turishda davom etmoqda.
Isroilning 2023 yil 8 oktyabrda Livanga hujumlari boshlanganidan buyon 2024 yil 23 sentyabrgacha to‘liq miqyosli urushga aylanguniga qadar mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, 4000 dan ortiq odam halok bo‘lgan va 17 mingga yaqin kishi yaralangan.
Live
Barchasi