Isroil Damashq aeroportiga raketa hujumi uyushtirdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 2 yanvar kuni Isroil Damashq xalqaro aeroportiga raketa hujumi uyushtirdi. Oqibatda to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Suriya Inson huquqlari observatoriyasi ma’lum qildi.

“To‘rt jangchi halok bo‘ldi, ulardan ikki nafari suriyalik askarlar. Shuningdek, raketalar “Hizbulloh” va eronparast guruhlar joylashgan aeroport binosi ichidagi va tashqarisidagi pozitsiyalariga, jumladan, o‘q-dorilar omboriga ham tegdi”, deyiladi xabarda.

Hozirda aeroport faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan.

Yetti oy ichida bu eronparast qurolli guruhlar va Livanning “Hizbulloh” radikal harakati jangchilari joylashgan Damashq aeroportiga Isroilning ikkinchi zarbasidir.

Joriy zarba Isroil armiyasi rahbariyati 2023 yilga mo‘ljallangan operatsiyalar rejasini taqdim etganidan bir necha kun o‘tib bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing