Isroil Bosh vaziri shoshilinch operatsiya qilinadi
Olam
−
23 iyul 2023
7940Bugun, 23 iyul kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yurak stimulyatori implantatsiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi. Bu haqda hukumat rahbari devoni xabar berdi.
“Bugun kechqurun yurak stimulyatori olishim kerakligini va uni bugun kechqurun qilishim kerakligini bildim. Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman, lekin shifokorlarimni tinglashim kerak ”, deydi Netanyaxu.
Qayd etilishicha, Bosh vazir Netanyaxu bugun kechqurun Sheba tibbiyot markazida yurak stimulyatori jarayonidan o‘tadi.
“Bu muddatda hukumat rahbarining vazifalari Adliya vaziri va Bosh vazir o‘rinbosari Yariv Levinga yuklanadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 73 yoshli Bosh vazir Kesariyadagi uyida hushini yo‘qotib, boshi bilan yerga yiqilgani va shifoxonaga olib ketilgani ma’lum qilingandi. Netanyaxu oxirgi marta 2022 yil 5 oktyabrda kasallik tufayli shifoxonaga yotqizilgan edi.
LiveBarchasi