Isroil Borrelni qabul qilishni rad etdi
Olam
−
09 Sentabr
5327Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelning Isroilga rejalashtirilgan rasmiy tashrifi Tel-Aviv tomonidan rad etildi. Bu haqda “Euro Asia Daily” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jozep Borrel 14-15 sentyabr kunlari Isroilga rasmiy tashrif bilan borishini ma’lum qilgan. Ammo maslahatlashuvlar va uchrashuvlardan so‘ng Tel-Aviv Borrel bu sanalarda Isroilga tashrif buyura olmasligini aytib, uni rad etdi.
“Isroil Borrel tashrif sanasini Isroil Tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan muvofiqlashtirmasdan va ruxsat so‘ramasdan e’lon qilgan, deb topdi. Yevropa diplomatiyasi rahbaridan Isroilda kuzgi ta’til tugaganidan keyin tashrifni muvofiqlashtirish so‘ralgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda kuzgi ta’til oktyabr oyining oxirida tugaydi, Jozep Borrel esa oktyabr oyining boshida o‘z lavozimini tark etadi.
LiveBarchasi