Isroil BMTning Livandagi shtab-kvartirasini o‘qqa tutdi
Olam
−
10 Oktabr
3707Isroil Ras-Naqura hududidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotning Livandagi Muvaqqat kuchlari (UNIFIL) bazasini o‘qqa tutdi, oqibatda BMTning ikki tinchlikparvar askari yaralandi. Bu haqda UNIFIL xabar berdi.
Qayd etilishicha, Isroil UNIFIL shtab-kvartirasi va uning atrofidagi ob’ektlarga bir necha bor zarba bergan. Isroilning Merkava tanki UNIFIL kuzatuv minorasini o‘qqa tutishi oqibatida ikki tinchlikparvar yiqilib, yaralangan.
Missiya e’tiborni tank to‘g‘ridan-to‘g‘ri minoraga qarata o‘q uzayotganiga qaratdi. Yaralangan askarlar hech qanday xavf ostida emas, ular davolanmoqda.
Shuningdek, Isroil harbiylari Livan janubidagi Labboun hududida UNIFIL idorasiga qarata o‘t ochgani qayd etilgan. Tinchlikparvarlar joylashgan boshpana ham o‘qqa tutilgan, transport va aloqa vositalariga zarar yetkazilgan.
Isroil armiyasi va barcha tomonlar xavfsizlikni ta’minlash va BMT xodimlari va ob’ektlarining daxlsizligini hurmat qilish majburiyati haqida eslatildi. UNIFIL kuchlariga ataylab qilingan har qanday hujum xalqaro gumanitar huquq va BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasining jiddiy buzilishi ekanligi ta’kidlangan.
BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasi Isroilni Moviy chiziqdan tashqariga chiqib ketishga va Livandagi Litani daryosi bilan o‘rtasidagi hududni demilitarizatsiya qilishga chaqiradi, bu yerda faqat Livan armiyasi va BMTning Livandagi vaqtincha tinchlikparvar kuchlariga (UNIFIL) tegishli qurol va harbiy texnika saqlanishi kerak bo‘ladi.
Biroq Livan janubidagi Litani daryosi va Isroil bilan chegaradosh Moviy chiziq orasidagi deyarli barcha hududlar 2000 yildan beri “Hizbulloh”ning kuchli harbiy ta’siri ostida. Livan Bosh vaziri Najib Mikati 5 dekabr kuni Livan Isroil bilan chegaradagi bahsli hududlar yuzasidan BMT orqali Isroil bilan muzokara olib borishini aytgan.
LiveBarchasi