Isroil Bayrut markaziga yana zarba berdi

Olam

image

Bugun, 3 oktyabr kuni Isroilning Bayrut markaziga bergan navbatdagi zarbasi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Zarbaga uchragan bino Al-Bashur tumanida, Livan parlamenti hamda BMTning mintaqaviy shtab-kvartirasi yaqinida joylashgan. Livandagi ayrim manbalarga ko‘ra, zarba oqibatida “Hizbulloh”ga tegishli tibbiyot markazi shikastlangan. Isroil harbiylari tunda yana Livan poytaxti janubidagi ayrim tumanlar aholisini SAHAL zarba berishni rejalashtirayotgan bu hududlarni tark etish to‘g‘risida ogohlantirdi.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi kun davomida isroilliklar zarbalari oqibatida 46 kishi halok bo‘lib, 85 kishi yaralanganini ma’lum qildi.

Isroil 30 sentyabr kuni erta tongda Bayrutning markaziy Kola mahallasiga havo hujumi uyushtirdi. Bu Isroilning Livan poytaxti markaziga Yaqin Sharqdagi mojaro avj olishining yangi bosqichi boshlanganidan beri birinchi havo hujumi edi. 1 oktyabr kuni Isroil havo hujumidan mudofaa kuchlari Amerikaning O‘rtayer dengizi sharqida turgan esminetslari yordamida Eron “Hizbulloh” va HAMAS yetakchilari o‘ldirilishiga javoban uchirgan 200 ga yaqin ballistik raketalarni qaytargandi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Livandagi quruqlik amaliyoti “Hizbulloh”ning imkoniyatlarini zaiflashtirib, ularni chegara hududlardan chekinishga majbur qilishi, bu esa o‘n minglab isroilliklar mamlakat shimolidagi uylariga qaytishiga imkon berishiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1 oktyabr kuni tunda Eron Isroilga qarshi katta hujum uyushtirgandi. Isroil Mudofaa kuchlari Erondan Isroilga ballistik raketalar uchirilganini aytdi. Tel-Avivda, O‘lik dengiz yaqinida, mamlakat janubida va Sharon mintaqasida ko‘plab shrapnel va raketa zarbalari qayd etilgan.

Bu hujumni tarixdagi eng yirik hujum deb atagan Isroilning “The Jerusalem Post” gazetasiga ko‘ra, Isroilga jami 500 ga yaqin raketa uchirilgan. Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon raketa zarbasi Eron manfaatlari va fuqarolarini himoya qilish uchun yo‘llanganini aytdi. U 1 oktyabrdagi operatsiya "Eron kuchining faqat bir qismi" ekanini ta’kidladi. Iordaniya AQSH kuchlariga arab mamlakati havo hududida Eron raketalarini urib tushirishga ruxsat berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Bayrut HAMAS Hizbulloh TsAHAL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing