Isroil ba’zi davlatlardagi elchixonalarini evakuatsiya qildi

Olam

image

G‘azo sektoridagi voqealar sabab Isroil Misr va Marokashdagi diplomatik vakolatxonalarini evakuatsiya qildi. Bu haqda “Yediot Ahronoth” gazetasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning boshqa elchixonalarida ham yuqori ogohlantirish rejimi e’lon qilingan. Bildirilishicha,Tashqi ishlar vazirligi Isroil diplomatlarini ularning mavjudligi yahudiy davlati fuqarolari uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan mamlakatlardan evakuatsiya qilishga harakat qilmoqda. Isroil diplomatik missiyalarining barcha xodimlaridan ehtiyot bo‘lishlari va zarurat bo‘lmasa, elchixona binolarini tark etmasliklari so‘ralgan.

Xususan, Isroilning Sundor charter aviakompaniyasi Turkiyani tark etishni xohlovchi isroilliklarga bepul reyslar taqdim etgan.

Qayd etilishicha, Sundor samolyotlari Turkiya hukumatining yahudiy davlati harakatlariga nisbatan yomonlashayotgan ritorikasini hisobga olib, Turkiyani tark eta olmagan Isroil fuqarolarini evakuatsiya qiladi. Shu bilan birga, Galei Tzahal armiya radiosi muxbiri Istanbuldan Tel-Avivga uchayotgan reys faqat yarmiga to‘lganini da’vo qilmoqda va barcha Isroil fuqarolarini imkon qadar tezroq uylariga qaytishga chaqirmoqda. Isroil Milliy xavfsizlik kengashi ham Turkiyadagi fuqarolariga bu mamlakatni zudlik bilan tark etishni tavsiya qilgan.

Xavfsizlik xizmati tavsiyanomasida Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi harbiy amaliyoti boshlanganidan so‘ng, “dunyo bo‘ylab yahudiylar va isroilliklarga qarshi terrorchilik tahdidlarining sezilarli darajada kuchayishi aniqlangani” qayd etilgan. Hali Turkiyani tark etmagan isroilliklarga ehtiyot choralarini kuchaytirish, jamoat joylarida vaqtini imkon qadar qisqartirish, Isroil yoki yahudiy ramzlaridan foydalanishni minimallashtirish tavsiya etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

elchixona elchi evakuatsiya Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing