Isroil armiyasi bir oy ichida G‘azodagi 14 ming nishonga zarba berdi

Olam

image

Isroil mudofaa kuchlari bir oydan beri davom etayotgan operatsiya doirasida G‘azodagi 14 mingdan ortiq nishonlarga zarba berdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari vakili Daniel Hagariyga tayanib, “Al Arabiya” xabar berdi.

Uning da’vo qilishicha, Isroil harbiylari HAMAS a’zolari foydalanayotgan 100 dan ortiq yerosti tunnellariga o‘tish yo‘laklarini, 4 mingdan ortiq qurol-yarog‘ omborlarini vayron qilgan. Ularning aksariyati fuqarolar binolari, masjidlar va bolalar bog‘chalarida joylashgan.

“Biz muvaffaqiyatga erishyapmiz, lekin oldinda uzoq yo‘l bor. HAMAS terrorchilari sulh bo‘lishiga o‘zlarini ishontirmoqda. Ammo sulh bo‘lmaydi. Biz oldinga borishda davom etamiz. Biz kuchlarimizni G‘azodagi hujumga jamlamoqdamiz”, deydi Hagariy.

Shuningdek, u HAMASning razvedka va qurol-yarog‘ bo‘linmasini boshqargan yetakchilaridan biri Mohsen Abu Zinning yo‘q qilinganini e’lon qildi. Harbiyga ko‘ra, Abu Zin strategik o‘q-dorilar va raketalar ishlab chiqarishga mas’ul bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush 7 oktyabrdan beri davom etmoqda. Isroil tomonida 1,4 ming kishi halok bo‘ldi, Falastin qurbonlari soni esa 10 mingdan oshib ketdi. 2 noyabr kuni Isroil armiyasi G‘azo shahrini to‘liq qurshab olganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made