Isroil “Al-Jazeera” telekanalini yopishga qaror qildi
Olam
−
20 Oktabr 2023
12938Isroil hukumati “Al-Jazeera”ning Isroildagi filialini yopishga ruxsat berdi. Bu haqda KAN telekanali xabar berdi.
Aytilishicha, hukumat “davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi” ommaviy axborot vositalarini yopishga qaror qilgan. Unga ko‘ra, “Al-Jazeera”ning Isroildagi filialini yopish va jihozlarini musodara qilish nazarda tutilgan.
Isroil rasmiylariga ko‘ra, “Al-Jazeera” ko‘rsatuvlari Isroil harbiylari va fuqarolarini xavf ostiga qo‘yadi.
Qatarning “Al-Jazeera” telekanali vakolatxonasini yopish tashabbusini Isroil Tashqi razvedka xizmati Mossad, Tashqi ishlar vazirligi, Aloqa vaziri Shlomo Karhi va Mudofaa vaziri Yoav Galant qo‘llab-quvvatlagan.
“Al-Jazeera” hozircha Isroil rasmiylarining qarori yuzasidan hech qanday bayonot bermagan.