Isroil AQSH orqali Janubiy Afrikaga bosim o‘tkazmoqchi 

Olam

image

Isroil hukumati amerikalik kongressmenlarga Janubiy Afrika rahbariyatiga ta’sir o‘tkazish iltimosi bilan murojaat qildi. Bu haqda yahudiy TIV maktubiga tayanib, “Axios” xabar berdi.

Portalning yozishicha, matnda isroillik diplomatlar AQSH Kongressini Afrika davlati Tel-Avivga qarshi Xalqaro suddan da’vo arizasini qaytarib olmasa, iqtisodiy aloqalarni to‘xtatish bilan tahdid qilishga chaqirmoqda.

“Biz sizdan darhol federal va shtat qonun chiqaruvchilari, gubernatorlar va yahudiy tashkilotlari bilan hamkorlikni boshlashingizni, Janubiy Afrikaga Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirish uchun bosim o‘tkazishni, ularga HAMASni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro sudlarda Isroilga qarshi choralarni ilgari surish kabi joriy harakatlarini davom ettirish katta xarajatga olib kelishini aniq aytishingizni so‘raymiz”, deyiladi maktubda.

“Axios”ning qayd etishicha, Isroil Tashqi ishlar vazirligi o‘z diplomatlariga AQSHda Janubiy Afrikaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan qonunlarni qabul qilishga ko‘maklashishni buyurgan. Portal manbalarining ta’kidlashicha, Tel-Aviv ushbu chora-tadbirlar yordamida Afrika davlatining yahudiy davlatiga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirishga erishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Janubiy Afrika Isroilni falastinliklarga qarshi genotsidda ayblaydi. BMT sudidan tashqari Afrika respublikasi yahudiy davlatiga qarshi Xalqaro jinoiy sudga da’vo arizasi bilan chiqdi. Keyinchalik Janubiy Afrikaning bayonotiga boshqa davlatlar, jumladan Turkiya ham qo‘shildi. Yanvar oyida Jahon sudi Isroilning Genotsid konvensiyasiga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlardan tiyilishni va o‘z qo‘shinlari falastinliklarga qarshi genotsid harakatlarini amalga oshirmasligini ta’minlashni buyurdi. Biroq Isroil HAMASni butunlay yo‘q qilishni yoqlab, o‘z harakatlarini to‘xtatmoqchi emas.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Janubiy Afrika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made