Isroil hujumida HAMAS yetakchisining uch o‘g‘li halok bo‘ldi

Olam

image

HAMAS harakatining siyosiy qanoti yetakchisi Ismoil Xoniyaning uch o‘g‘li Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
 
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, zarba G‘azo yaqinidagi Ash-Shati qochoqlar lageriga berilgan. Zarba Isroil harbiylari tomonidan amalga oshirilgan. SAXAL bu ma’lumotga izoh bermadi.

Xoniya Ramazon hayiti bayramida qochqinlar lageriga qarindoshlarinikiga borishi chog‘ida uning uch o‘g‘li – Hazem, Amir va Muhammad hamda bir necha nevaralari otishmada halok bo‘lganini tasdiqladi.

“Uch o‘g‘lim va bir necha nevaramning shahid bo‘lishi orqali bizga bergan bu sharaf uchun Allohga rahmat aytaman”, deydi u “Al Jazeera” telekanaliga.

Ismoil Xoniya urush boshlangandan beri uning oilasining 60 a’zosi halok bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, Ismoil Xoniya 2017 yilda HAMASning siyosiy qanoti rahbari bo‘lgan edi. U Qatar poytaxti Dohada yashaydi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil huquq-tartibot idoralari xodimlari Ismoil Xoniyaning singlisini hibsga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing