Isroil harbiylari G‘arbiy Sohilda keng ko‘lamli reyd o‘tkazdi – OAV
Olam
−
18 dekabr 2023 4907 1 daqiqa
Isroil harbiylari tunda G‘arbiy Sohildagi Tulkarm shahrida keng ko‘lamli reyd o‘tkazdi. Bu haqda Falastinning WAFA agentligi xabar berdi.
Agentlikka ko‘ra, shaharga buldozerlar hamrohligida Isroil qo‘shinlarining katta kontingenti bostirib kirgan. Reyd davomida razvedkachi uchuvchisiz samolyotlar Tulkarm va uning atrofidagi qochqinlar lagerlari osmonida patrullik qilgan.
Agentlikning qayd etishicha, Isroil kuchlari G‘azoda davom etayotgan urush fonida Falastin shaharlari, shaharchalari va G‘arbiy Sohildagi qochqinlar lagerlariga harbiy reydlar o‘tkazishni kuchaytirgan.
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Falastin-Isroil mojarosining so‘nggi avj nuqtasi boshlangan 7 oktyabrdan beri Isroil qo‘shinlari G‘arbiy Sohilda kamida 290 nafar falastinlikni o‘ldirgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr