Isroil halok bo‘lgan falastinliklarning tana a’zolarini o‘g‘irlamoqda – Human Rights Monitor
Olam
−
02 dekabr 2023
10858Euro-Med Human Rights Monitor inson huquqlari tashkiloti Isroil harbiylarining G‘azoda halok bo‘lgan falastinliklarning organlarini o‘g‘irlayotganiga nisbatan o‘z xavotirini bildirdi. Bu haqda Euronews telekanali xabar berdi.
Qarorgohi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan Euro-Med Human Rights Monitor xodimlariga ko‘ra, G‘azoda Isroil harbiylari qo‘liga tushgan jasadlarning buyrak, jigar, yurak kabi a’zolari yo‘qolgani aniqlangan. SAXAL askarlari G‘azodagi "Ash-Shifa"dan ham o‘nlab yosh bolalarning jasadini olib ketgani ham tahlilchilarga shubhali tuyulgan.
Shuningdek, tashkilot Isroilni dunyoda inson tana a’zolarining noqonuniy savdosi avj olgan markazlardan biri deb atagan. Tel-Aviv rasmiylari esa falastinliklarning tana a’zolari o‘g‘irlanishini rad etib, bunday ayblovlar "antisemitizm" nishonasi ekanini aytgan.
Mutaxassislarning fikricha, falastinliklarning jasadidan tana a’zolari jarrohlik operatsiyasi orqali olinishi o‘tmishda ham qayd etilgan.
Isroillik vrach Meyra Vays o‘z asarida 1996-2002 yillarda falastinliklar tana a’zolari olinib, tibbiy tadqiqot maqsadida ishlatilgani, shuningdek, isroillik bemorlarga transplantatsiya yo‘li bilan o‘tkazilganini hikoya qilgan.
2014 yilda Isroil televideniyesi orqali efirga uzatilgan surishtiruvda sionistlarning yuqori martabali vakillari o‘ldirilgan falastinliklarning terisi, ko‘z pardasi, suyak va yurak klapanlaridan ma’lum shaxslarni davolash maqsadida foydalanilayotganini tasdiqlagan.
LiveBarchasi