Ispaniyaning Yevro-2024 uchun yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Ispaniya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionati uchun terma jamoaning yakuniy tarkibini e’lon qildi. Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

“Qizil furiya” “B” guruhida Xorvatiya, Italiya va Albaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. 

Ro‘yxat:

Darvozabonlar: Unay Simon (“Atletik”), David Rayya (“Arsenal”), Aleks Remiro (“Real Sosedad”).

Himoyachilar: Rodrigo Ernandes (“Manchester Siti”), Martin Subimendi, Mikel Merino (barchasi “Real Sosedad”), Fabian Ruis (PSJ), Aleks Baena (“Vilyarreal”), Pedri (“Barselona”), Fermin Lopes (“Barselona”).

Yarim himoyachilar: Rodrigo Ernandes (“Manchester Siti”), Martin Subimendi, Mikel Merino (barchasi “Real Sosedad”), Fabian Ruis (PSJ), Aleks Baena (“Vilyarreal”), Pedri (“Barselona”), Fermin Lopes (“Barselona”).

Hujumchilar: Lamin Yamal (“Barselona”), Niko Uilyams (“Atletik”), Dani Olmo (“RB Leypsig”), Mikel Oyarsabal (“Real Sosedad”), Xoselu (“Real”), Alvaro Morata (“Atletiko Madrid”), Ferran Torres (“Barselona”), Ayose Peres (“Betis”).

Ma’lumot uchun, 2024 yilgi Yevropa chempionati Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Turnir 14 iyundan 14 iyulga qadar davom etadi. Guruh bosqichida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar hamda uchinchi o‘rinni egallagan to‘rtta eng yaxshi jamoa 1/8 finalga yo‘l oladi. Turnirning pley-off bosqichi Olimpiya tizimi bo‘yicha musobaqadan mag‘lub bo‘lgan jamoalarni chiqarib tashlash bilan o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Evropa chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing