Ispaniyaning Tenerife kurort orolidan 26 ming kishi evakuatsiya qilindi

Olam

image

Ispaniyaning Tenerife kurort orolida keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari sababli 26 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda “DeutscheWelle” xabar berdi.

Joriy yilning 15 avgust kuni orol shimolida sodir bo‘lgan vayronkor yong‘inlar og‘ir ob-havo sharoiti oqibatida yanada kengroq hududga tarqalib ketgan. Shundan so‘ng, hududdan odamlarni evakuatsiya  qilish boshlangan.

“Kecha, 19 avgust kuni ertalab olti qishloq aholisi evakuatsiya qilindi. Katta ehtimol bilan, bu Tenerifedagi so‘nggi 40 yildagi eng dahshatli yong‘inlardan biri”, deydi orol rahbari Fernando Klavixo.

Klavixoning so‘zlariga ko‘ra, evakuatsiya profilaktika chorasi bo‘lib, yong‘in tarqalishi asosan mahalliylashtirilgan.

Tenerife hukumati yong‘inlar 5 ming gektarga yaqin maydonni qamrab olgani haqida xabar berdi. Ularni o‘chirish qurg‘oqchilik ta’siri, kuchli tutun, yuqori havo harorati, shuningdek kuchli va o‘zgaruvchan shamol yo‘nalishi tufayli qiyin bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Tenerife

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing