Ispaniyalik erkakka ajrashish 204 ming yevroga tushdi

Olam

image

Ispaniyaning Malaga shahrida yashovchi Ivana Moral 25 yillik turmushi uchun sobiq eridan tovon puli sifatida 204 ming yevro (taxminan 212 ming dollardan ortiq) miqdorida kompensatsiya undiradigan bo‘ldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, sud 48 yoshli ayolning 25 yil davomida faqat oilasiga g‘amxo‘rlik qilgani, uy yumushlarini maromida bajargani, butun vaqtini farzandlari tarbiyasiga sarflagani uchun sobiq eridan 204,624,86 yevro miqdorida tovon puli undirish bo‘yicha qaror chiqargan.

Manbaga ko‘ra, sobiq er-xotinning ikki qizi bo‘lgan. Ularning nikohi mulkiy rejim bilan tartibga solingan bo‘lib, unda har bir tomonning topgan narsasi faqat ularniki ekani ko‘rsatilgan. Ayol o‘zini faqat uy va oilaga bag‘ishlagani tufayli har qanday mansabdan mahrum bo‘lgan. Bundan farqli o‘laroq, er turmush yillari davomida o‘z aktivlarini to‘plab borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing