Ispaniyada yana suv toshqini: 3 ming kishi evakuatsiya qilindi
Olam
−
15 noyabr
1722Kecha, 14 noyabr kuni Ispaniyaning Malaga provinsiyasida kuchli jala yog‘ishi oqibatida suv toshqini sodir bo‘ldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Malaga shahrida hayot tom ma’noda to‘xtab qolgan. Guadalorse daryosi bo‘yidagi 3 mingdan ortiq aholi ehtiyot chorasi sifatida evakuatsiya qilingan.
Suv toshqinlari sodir bo‘lgan Tarragonada ba’zi yo‘llar transport harakati uchun yopilgan. Mamlakatning Andalusiya, Kataloniya, Galisiya, Asturiya, Valensiya, Kastiliya va Leon, Kantabriya va Kastiliya-La-Mancha mintaqalarida kuchli yomg‘ir haqida ogohlantirish e’lon qilingan.
Shuningdek, shoshilinch xizmatlar bilan birga shifoxonalar va sog‘liqni saqlash markazlari yopilgan. Shahardagi ayrim tezyurar poyezdlar va shahar atrofidagi qatnovlar to‘xtatilgan. Malagadan keyin kuchli yomg‘irdan eng ko‘p zarar ko‘rgan joy mamlakat sharqidagi Kataloniya mintaqasidagi Tarragona shahri bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 oktyabr kuni Ispaniya janubi-sharqida kuchli jala oqibatida yo‘llar va shaharlar suv ostida qolgandi. Suv toshqinlaridan zarar ko‘rgan hududlarda bir necha kishi halok bo‘lgandi.
Mohinur Karimova
LiveBarchasi