Ispaniyada yana Kataloniya mustaqilligi mavzusi ko‘tarildi

Olam

image

Yaqinda parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan Kataloniyaning mustaqilligi to‘g‘risida referendum o‘tkazish imkonsiz, chunki bu Ispaniya konstitutsiyasiga ziddir. Bu haqda qirollik Bosh vazirining o‘rinbosari Karmen Kalvo ma’lum qildi.

 Hukumat rahbari o‘rinbosari bunday plebisit Ispaniya konstitutsiyasi doirasida imkonsiz ekanligini aytdi.

“Har bir partiya (saylovda) necha foiz olishi muhim emas.Chunki o‘z taqdirini o‘zi belgilash bo‘yicha referendum qonuniy emas”, deydi u.

Joriy yilning 14 fevral kuni Kataloniyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Natijada, mintaqa mustaqilligini qo‘llab-quvvatlovchi uchta partiya mahalliy palatada ko‘plab o‘rinlarni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing