Ispaniyada samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Bugun, 9 avgust kuni Ispaniyaning Valensiya muxtor hamjamiyatidagi Ponton Rekena aholi punkiti yaqinida kichik samolyot halokatga uchradi. Hodisa oqibatda ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Cadena SER xabar berdi.

Nashrning yozishicha, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 11:30 atrofida yuz bergan. Favqulodda xizmat xodimlari tezda hodisa joyiga yetib borgan. Kamida ikki kishining o‘limi tasdiqlangan.

Halokat joyiga Rekena fuqarolik gvardiyasi va mahalliy politsiya patrullari, viloyat yong‘inlar konsorsiumi hamda o‘rmon yong‘inlari xizmatining bir nechta bo‘linmalari jalb qilingan. Samolyot halokati tufayli qishloq xo‘jaligi hududida yong‘in kelib chiqqan va u o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, hozircha halokat sabablari noma’lum. Fuqarolik gvardiyasi tergov ishlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning janubi-g‘arbiy qismidagi Arizona shtatida tez yordam uchun mo‘ljallangan samolyot halokatga uchragandi. Oqibatda bortdagi to‘rt kishining barchasi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Valensiya Ispaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing