Ispaniyada mashhur pomidorlar festivali o‘tkazildi (fotoreportaj)

Bu qiziq

image

Butun dunyoga Ispaniyaning ramzi sifatida tanilgan “La Tomatina” pomidorlar festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Euronews” nashri xabar berdi.

Festival har yili an’anaviy tarzda avgust oyining oxirgi haftasida o‘tkazib kelinadi va unga butun dunyodan o‘n minglab odamlar tashrif buyuradi.

Festivalda bir necha tonna pomidor maydonga tashlanadi va ishtirokchilar ularni bir-birlariga otadi. Qoidalarga ko‘ra, jarohatlarning oldini olish uchun sabzavotni otishdan oldin maydalash kerak.  

Pomidor bo‘laklari va suvi ko‘chalar va uylarning devorlarini qoplab oladi. Ko‘zni himoya qilish maqsadida ishtirokchilar suzish uchun mo‘ljallangan ko‘zoynak taqib yuradi va odatda kiyim sifatida futbolka va shortilarni tanlaydi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil ishtirokchilar uloqtirishi uchun ishchilar yuk mashinalarida  120 tonna pishgan pomidorni Ispaniyaning sharqidagi maftunkor Bunol shahrining asosiy ko‘chasiga olib keldi. 

Bu yil ham butun shahar qizil rangga bo‘yaldi.  Joriy yilda “La Tomatina"ga tashrif buyurgan sayyohlar soni 15 mingga yetdi. 

Ma’lumot uchun, festival 1945 yilda mahalliy bolalar o‘rtasida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan. 1980 yillarda esa ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritilishi uni butun dunyo bo‘ylab mashhur qildi va sayyohlarni jalb qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya pomidor La Tomatina festeval'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing