Ispaniyada dahshatli bo‘ron: uch kishi halok bo‘lgan

Olam

image

Avvalroq Ispaniya poytaxti Madridda 12 yildan buyon kuzatilmagan ob-havo hukm surayotgani haqida xabar bergan edik. Ispaniyaning katta qismida kuzatilayotgan qor, kuchli shamol va yomg‘irlar bilan birga bo‘lgan bo‘ron oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan. Bu haqdabugun, 9 yanvar kuni matbuot anjumanida Qirollik Chchki ishlar vaziri Fernando Grande-Marlaska ma’lum qildi.

“Afsus bilan uch nafar inson halok bo‘lgani haqida xabar beramiz”, deydi Ichki ishlar vaziri. 

Unga ko‘ra, Andalusiyada ikki kishi, Madridda yana bir kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan. Vazir bu so‘nggi 50 yil ichidagi eng dahshatli bo‘ron ekanini ta’kidladi.

Avvalroq, Andalusiya favqulodda xizmati Fuengirola va Mijas shaharlari o‘rtasida daryo oqimi bir ayolni avtomobili bilan uchirib ketgani sababli vafot etdi, deb xabar bergan edi. Keyinchalik qutqaruvchilar xuddi shu mashinada sayohat qilgan erkakning jasadini topgan. Umuman olganda, ob-havo sharoiti tufayli mintaqada 600 dan ortiq noxush voqealar qayd etilgan.

Ispaniya davlat meteorologik agentligi 7 yanvardan qor yog‘ishi, sovuq tushishi va shamol sababli ko‘plab mintaqalarga signal berdi. Tabiiy ofat tufayli Madrid jiddiy zarar ko‘rgan, u yerda qor qoplamining balandligi allaqachon 60 santimetrga yetgan, shu bilan birga kun bo‘yi qor yog‘ishi kutilmoqda.

Tabiiy ofat tufayli Madrid-Baraxas xalqaro aeroporti 8 yanvardan beri ishlamayapti. Madriddan va Madridga temir yo‘l qatnovi to‘xtatildi, shaharda avtobuslar qatnamayapti. Yuzlab haydovchilar o‘z avtoulovlarida Madriddagi qor bilan qoplangan yo‘llarda tunashga majbur bo‘lgan. Ularga yordam berish uchun harbiylar jalb qilingan.

Poytaxt meri Xose Luis Martines-Almeyda shahar aholisini ko‘chaga chiqmaslikka chaqirdi. Madrid va Kastiliya-La-Mancha ma’murlari 11 va 12 yanvar kunlari ta’lim muassasalarida darslar bekor qilinganini e’lon qildi. Kastiliya-La-Mancha mintaqasining favqulodda xizmatida ta’kidlanganishicha, ob-havo yomonligi sababli 27 mingga yaqin iste’molchi elektrsiz qolgan. EFE agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Madriddagi ba’zi uylar ham ob-havo sharoitidan yuzaga kelgan muammolar tufayli suv, elektr va isitish tizimisiz qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing