Ispaniyada aeroport vulqon tufayli o‘z ishini to‘xtatdi
Olam
−
25 Sentabr 2021 4638 1 daqiqa
Ispaniyaning Palma orolidagi (Kanar orollari) aeroport vulqon otilishi tufayli yopildi. Bu haqda Ispaniya aeroportlari operatori xabar bergan.
“Palmadagi aeroport kul yig‘ilib qolgani uchun ishlamayapti. Tozalash ishlari boshlandi, lekin vaziyat har lahzada o‘zgarishi mumkin”, degan operator.
Kanar orollaridagi boshqa aeroportlar o‘z ishini davom ettirmoqda, biroq operator ma’lumotni aniqlashtirish uchun aviakompaniyalar bilan bog‘lanishni tavsiya qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Palmada yetti kundan beri vulqon otilib chiqmoqda. Mutaxassislarning fikricha, lava 400 dan ortiq binolarni vayron qilgan, ularning aksariyati turar-joy binolari. Tabiiy ofat zonasidan 6 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Prognozlarga ko‘ra, otilish 24 dan 84 kungacha davom etishi mumkin.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr