Ispaniya o‘rtoqlik uchrashuvida Iroqni mag‘lub eta olmadi

Sport

image

Kecha, 4 iyun kuni Ispaniya va Iroq milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. La-Korunya shahridagi “Abanka-Riasor” stadionida bo‘lib o‘tgan bahs 1:1 hisobida durang natija bilan tugadi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida Ispaniya hujumchisi Ferran Torres hisobni ochdi. 27-daqiqada esa Iroq himoyachisi Merjas Doshi javob golini kiritib, muvozanatni tikladi. Shundan so‘ng, o‘yin yakuniga qadar ushbu hisob saqlanib qoldi.

Har ikki terma jamoa ham 2026 yildagi Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Ispaniya va Iroq so‘nggi bor 2009 yilgi Konfederatsiyalar kubogida o‘zaro to‘qnash kelgan edi. O‘shanda ispaniyaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Ma’lumot uchun, ispanlar mundialda “H” guruhida Urugvay, Saudiya Arabistoni va Kabo Verde bilan bir guruhdan joy olgan. Iroq esa Fransiya, Norvegiya va Senegal terma jamoalari bilan bir guruh bosqichida to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Iroq Jahon chempionati Ispaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing