Ispaniya Ukrainaga 600 mln yevrolik qurol yetkazib berdi
Olam
−
21 noyabr
1903Ispaniya hukumati Ukrainaga qiymati qariyb 600 mln yevro bo‘lgan qurollar yubordi. Bu haqda bugun, 21 noyabr kuni mamlakat Mudofaa vaziri Margarita Robles parlamentning mudofaa bo‘yicha komissiyasida qilgan chiqishida so‘z ochdi.
Roblesga ko‘ra, Madrid Ukrainaga qurollarni bosqichma-bosqich yetkazib bermoqda. Hozirgacha Kiyevga 600 mln yevro miqdorida qurol jo‘natilgan va yana 300 mln yevro miqdoridagi qurollar yetkazib berilishi zarur.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin orada Ispaniya Ukrainaga to‘qqizta Leopard 2A4 tankidan iborat yangi partiyani yuboradi.
Ma’lumot uchun, 2023 yil may oyida Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bilan xavfsizlikka oid bitim imzolagan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Madridga tashrif buyurgan edi. O‘shanda Bosh vazir Sanches Ispaniya Ukrainaga 2024 yilda harbiy yordam sifatida 1 mlrd yevro ajratishini va’da qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainaga 275 million dollar (taxminan 260 million yevro) miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini yuborishi xabar qilingan edi.
LiveBarchasi