Ispaniya terma jamoasi tarixda ilk bor OFK jamoasiga mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 2 dekabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tayogan mundialda Ispaniya terma jamoasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Yaponiya terma jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shunday qilib, "qizil furiya" o‘z tarixida ilk bor OFK jamoasiga imkoniyatni boy berdi. Bu haqda “Eurofootball” nashri xabar berdi.

Ma’lumot o‘rnida, bunga qadar ispanlar Osiyo terma jamoalari bilan 15 ta o‘yin o‘tkazgan. Ularning 13 tasida jamoa g‘alaba qozonib, faqat ikkitasida durang natija qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi bilan Germaniya terma jamoasining ochkolar soni bir xil bo‘lsada, Ispaniya termasi nisbatan yaxshi ko‘rsatkich qayd etgpni uchun pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Terma jamoa 1/8 final bosqichida “F” guruhida Marokash terma jamoasi bilan o‘ynaydi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing