Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi

Sport

image

Finalda ispanlar Argentina terma jamoasini qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi Sharqiy Rezerford shahrida bo‘lib o‘tdi.

Yagona golni Ferran Torres 106-daqiqada kiritdi.

Shu tariqa, Ispaniya o‘z tarixida ikkinchi marta Jahon chempionligiga erishdi. Ispanlar avvalgi bor 2010 yilda finalda Niderlandiyani 1:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Bu Argentina uchun Jahon chempionatlari tarixidagi yettinchi final bo‘ldi. Jamoa shu kungacha uch marta chempion (1978, 1986, 2022) bo‘lgan bo‘lsa, to‘rt marta (1930, 1990, 2014, 2026) finalda mag‘lubiyatga uchradi.

2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 20 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazildi. Musobaqa tarixida ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing