Ispaniya Serbiyani mag‘lubiyatga uchratdi

Sport

image

Kecha, 27 mart kuni Ispaniya va Serbiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Ispaniyaliklar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Vilyarreal shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda Mikel Oyarzabal dubl qayd etdi (16 va 44-daqiqalar), Viktor Munos esa 72-daqiqada jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi. Shu tariqa ispanlar ushbu bahsda yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Dastlab 27 mart kuni Ispaniya va Argentina o‘rtasida Qatarda Finalissima uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq, mintaqadagi beqarorlik sabab ushbu uchrashuv bekor qilingandi.

Shuningdek, kechagi, 27 mart doirasidagi yana bir o‘rtoqlik uchrashuvida Angliya terma jamoasi o‘z maydonida Urugvay bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Endilikda Ispaniya terma jamoasi joriy yilning 31 mart kuni Misrni o‘rtoqlik uchrashuvida qabul qiladi. Serbiya esa o‘sha kuni o‘z maydonida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Serbiya Mikel' Oyarzabal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing