Ispaniya kubogi yarim finalida qur’a tashlandi
Sport
−
06 fevral 1239 1 daqiqa
Bugun, 6 fevral kuni 2025-2026 yilgi Ispaniya kubogi yarim finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, “Barselona” “Atletiko Madrid”ga qarshi bahs olib boradi.
Yarim final juftliklari quyidagicha shakllandi:
- “Atletiko Madrid” – “Barselona”
- “Atletik Bilbao” – “Real Sosedad”
Ispaniya kubogi yarim final ikki o‘yindan iborat bo‘ladi. Dastlabki uchrashuvlar joriy yilning 10–12 fevral kunlari, javob uchrashuvlari esa 3–5 mart kunlari o‘tkaziladi. Final uchrashuvi esa aprel oyida Sevilya shahridagi “La Kartuxa” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” amaldagi Qirollik kubogi chempioni hisoblanadi. Avvalgi mavsum finalida kataloniyaliklar “Real Madrid”ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan edi.
Ispaniya Kubogida eng ko‘p sovrin yutgan klub ham “Barselona” bo‘lib, uning hisobida 32 ta sovrin mavjud. “Atletik Bilbao” bu musobaqada 24 marta, “Real Madrid” esa 20 marta g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum finalchisi “Real Madrid” jamoasi Ispaniya Qirollik kubogi 1/8 final bosqichi doirasida safarda Segundaning “Albasete” klubiga 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi va musobaqani tark etgandi.
Live
Barchasi