Ispaniya Italiyaning rekordini takrorladi
Sport
−
15 iyul 1167 1 daqiqa
Ispaniya milliy terma jamoasi rasmiy uchrashuvlardagi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha Italiya terma jamoasining tarixiy rekordini takrorladi.
2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Fransiya ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng, ispanlar rasmiy musobaqalardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 37 ta o‘yinga yetkazdi.
Ispaniya terma jamoasi so‘nggi marta 2024 yil 22 mart kuni o‘rtoqlik uchrashuvida Kolumbiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Shu tariqa, Luis de la Fuentening shogirdlari Italiya terma jamoasining 2018-2021 yillar oralig‘ida qayd etgan 37 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga tenglashdi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi joriy yilning 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati finalida Angliya – Argentina uchrashuvining g‘olibi bilan kuch sinashadi. Ikkinchi yarim final bahsi bugun, 15 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi