Ispaniya ishonchli g‘alaba bilan nimchorak finalga yo‘l oldi
Sport
−
02:06 4020 1 daqiqa
Bugun, 3 iyul kuni Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 finalida Avstriyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Natijada ispanlar musobaqaning nimchorak final bosqichiga yo‘l oldi.
Kaliforniya shtatining Inglvud shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ispaniyaga g‘alabani Mikel Oyarsabalning 36 va 89-daqiqalarda urgan dubli hamda Pedro Porroning 66-daqiqada kiritgan goli keltirdi.
Ispaniya guruh bosqichini “H” guruhida birinchi o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, Avstriya “J” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.
Endilikda ispanlar 1/8 finalda Portugaliya – Xorvatiya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv joriy yilning 6 iyul kuni AQSHning Texas shtati, Arlington shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazilmoqda. Musobaqa joriy yilning 19 iyul kuniga qadar davom etadi.
Live
Barchasi