Ispaniya futbolchilari JCHdan oldin bergan va’dalarini bajaradimi?

Sport

image
2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazildi va Ispaniya terma jamoasining chempionligi bilan yakunlandi. Agar musobaqada “qizil furiya” g‘alaba qozonsa, ispaniyalik bir qator futbolchilar qiziqarli va’dalar bergan edi.

Finalda Ispaniya Argentinani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Qoshimcha bo‘limning 106-daqiqasida Ferran Torres kiritgan gol jamoaga tarixdagi ikkinchi jahon chempionligini taqdim etdi.

Turnir arafasida jamoaning yosh yulduzlari — Lamin Yamal, Gavi, Pedri va himoyachi Mark Kukurelya chempionlikka erishilsa, turli va’dalarni bajarishlarini ma’lum qilgan edi.

19 yoshli Lamin Yamal endi uch hafta davomida soqol va mo‘ylovini oldirmaslikka va’da bergan. Modaga qiziqishi bilan tanilgan futbolchi uchun bu o‘zgacha qiyofa bo‘lishi kutilmoqda.

23 yoshli Pedri esa sochini sariq rangga bo‘yashga va’da qilgandi. U avval ham shunday va’dasini bajargan: Ispaniya 2024 yilgi Yevropa chempionatida g‘olib bo‘lganidan keyin sochini kaltalab, mo‘ylov o‘stirgan edi.

Gavi uchun esa eng jasoratli va’da to‘g‘ri keldi. U chempionlikdan so‘ng sochlarini pushti rangga bo‘yashini aytgan.

Finaldan keyin “Real” himoyachisi Mark Kukurelya ham o‘z va’dasiga sodiq qolishini tasdiqladi. 27 yoshli futbolchi Ispaniya jahon chempioni bo‘lsa, bosh murabbiy Luis de la Fuentening suratini tatuirovka qildirishini ma’lum qildi.

Shuningdek, Kukurelya avvalroq agar chempionlikka erishsa, milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlash haqida ham gapirgan edi. Biroq finaldan keyin u bu niyatini hali rasman tasdiqlamadi.

Ispaniya terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi marta Jahon chempionati bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Jamoa ilk chempionligini 2010 yilda Janubiy Afrikada o‘tkazilgan mundialda Niderlandiyani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etish orqali qo‘lga kiritgan edi.

Qizig‘i, Ispaniya Jahon chempionati tarixida faqat ikki marta finalga chiqqan va har ikkisida ham g‘alaba qozongan.

Ikkinchi chempionlikdan so‘ng Ispaniya Jahon chempionliklari soni bo‘yicha Fransiya va Urugvayga yetib oldi. Hozircha Braziliya (5 marta), Germaniya va Italiya (4 martadan), shuningdek Argentina (3 marta) ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha oldinda bormoqda.

Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing