Ispaniya Buyuk Britaniya kemasidan 4 tonnadan ortiq gashishni musodara qildi

Olam

image

Ispaniya politsiyasi Buyuk Britaniyaning yelkanli kemasi bortida to‘rt tonnadan ortiq gashishni musodara qildi. Bu haqda Ispaniya Milliy politsiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Britaniyaning yelkanli qayig‘ini Kadis ko‘rfazida Ispaniya politsiyasi bojxona organlari va jinoyatga qarshi kurash agentligi xodimlari bilan birgalikda qo‘lga olgan. Tintuv chog‘ida 130 dona o‘ram topilgan, ular ichida 4,4 tonnaga yaqin gashish smolasi bo‘lgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kema Marokashning g‘arbiy qirg‘oqlari tomon yo‘l olgan, biroq Gibraltar bo‘g‘ozidagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Ispaniya suvlariga qaytishga majbur bo‘lgan.

Ispaniyadagi huquq-tartibot idoralari Britaniya rasmiylari tomonidan shubhali yelkanli qayiq haqida avvalroq ogohlantirilgan edi. Tekshiruv davomida ushbu narkotik modda keyinchalik Janubiy Amerikaga jo‘natish uchun Marokashga yetkazilishi aniqlangan.

Xabar qilinishicha, politsiya operatsiya davomida ikki Britaniya fuqarosini ham qo‘lga olgan. Tergov hali davom etmoqda.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing