Ispaniya Bosh vazirining rafiqasi poraxo‘rlikda ayblandi
Olam
−
14 aprel 3653 2 daqiqa
Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchesning rafiqasi Begonya Gomesga to‘rtta jinoyat, jumladan, korrupsiya bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Begonya Gomes ishi bo‘yicha tergov yakunlangan. Unga nisbatan ta’sir doirasini suiiste’mol qilish, biznesdagi korrupsiya, davlat mablag‘larini o‘zlashtirish va talon-toroj qilish ayblovlari qo‘yilgan. Sud dalillar yo‘qligi sababli kasbiy vakolatlarni suiiste’mol qilish moddasi bo‘yicha ayblovni ro‘yxatdan chiqargan. Mazkur qaror ishning boshqa ikki figuranti – tadbirkor Xuan Karlos Barrabes va amaldor Kristina Alvaresga ham tegishli.
Sudya tomonlarga og‘zaki eshituvlarni ochish haqida iltimosnoma berish yoki himoya nutqlarini tayyorlash uchun besh kunlik muddat bergan. Bu odatda sud jarayoni boshlanishidan oldingi bosqich hisoblanadi.
“Deutsche Welle” ma’lumotlariga ko‘ra, tergovchilar diqqat markazida Begonya Gomesning shaxsiy loyihasi – Madriddagi “Komplutense” universitetida tashkil etilgan “Raqobatbardosh ijtimoiy transformatsiya” nomli kafedra bo‘lgan. Ekspertlarning fikricha, ushbu kafedrani tashkil etishga hech qanday zarurat bo‘lmagan va uni ochish uchun oliygoh rektoratiga bosim o‘tkazilgan. Tergov boshlanganidan so‘ng, kafedra “ilmiy va amaliy ahamiyatga ega emas” deb topilib, yopilgan.
2024 yil oktyabr oyida tergov doirasi kengaytirilufy. Bunga o‘ta o‘ngchi “Hazte Oír” tashkilotining Gomes xonim “Komplutense” universitetiga tegishli dasturiy ta’minotni noqonuniy o‘zlashtirganlikda gumon qilib bergan da’vo arizasi sabab bo‘lgan. Gomesga qo‘yilgan yana bir ayblov – davlatdan maosh oluvchi amaldor Kristina Alvaresdan o‘zining shaxsiy biznes loyihalarida yordamchi sifatida noqonuniy foydalanganlikdir. Shu bilan birga, Begonya Gomes o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etmoqda.
Live
Barchasi