Ispaniya bolalarga energetik ichimlikni taqiqlamoqda

Olam

image

Ispaniya hukumati voyaga yetmaganlarga energetik ichimliklar savdosini cheklash bo‘yicha qat’iy qaror qabul qilgan. Ijtimoiy huquqlar vaziri Pablo Bustinduy ma’lum qilishicha, 16 yoshga to‘lmagan bolalarga bunday ichimliklar sotish taqiqlanadi. Kofein miqdori 100 millilitrda 32 milligrammdan yuqori bo‘lgan mahsulotlar esa 18 yoshgacha bo‘lganlarga umuman berilmaydi. Bu haqda “Euronews” yozdi.

Qaror o‘smirlar salomatligiga oid tadqiqotlar va jamoatchilik fikri xulosasiga tayanadi. Oziq-ovqat xavfsizligi agentligi o‘tkazgan so‘rov natijasiga ko‘ra, aholining to‘qqiz nafardan sakkiztasi bu cheklovni qo‘llab-quvvatlagan. Yoshlar o‘rtasida ham qo‘llab-quvvatlash darajasi yuqori.

Taqiq kengroq islohotlar paketining bir qismi. Yaqinda energetik ichimliklar bolalarga mo‘ljallangan zararli mahsulotlar reklama cheklovlari ro‘yxatiga kiritilgan edi. 2024 yilda chiqarilgan maktabda ovqatlanish bo‘yicha hujjat esa ularni ta’lim muassasalarida sotishni allaqachon man etgan.

Yevropa Ittifoqi miqyosida yagona qonun mavjud emas, biroq Litva va Latviya avvalroq 18 yoshgacha bo‘lganlarga savdoni cheklagan. Keyinchalik Bolgariya, Vengriya, Polsha va Ruminiya ham turli cheklovlarni joriy etgan. Madridning yangi qarori Ispaniya bo‘ylab yagona mezonni shakllantirishga qaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya energetik 18 yoshgacha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing