“Ismini aytsam mashhur bo‘lib ketadi”. Messi ortidan tupurgan futbolchi haqida gapirdi (video)

Sport

image

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026 yilgi Jahon chempionati (JCH-2026) saralashi doirasidagi Paragvayga qarshi o‘yinda (1:0) yuz bergan voqeaga munosabat bildirdi.

Gap shundaki, uchrashuvning 84-daqiqasida Messi va Paragvay terma jamoasi hujumchisi Antonio Sanabriya o‘rtasida og‘zaki janjal kelib chiqdi, natijada paragvaylik futbolchi o‘ziga teskari bo‘lib turgan Messiga tupurdi. Uchrashuv hakami ham ushbu epizodni e’tiborsiz qoldirdi.

“Kiyim almashitirish xonasida jamoadagilar kimdir menga tupurgani haqida gapirdi. To‘g‘risi, men bu bolaning kimligini ham bilmayman. Hatto uning ismini aytmaslikni o‘zimga afzal ko‘raman, aks holda u hammaga mashhur bo‘ladi”, deydi Messi.

Argentina-Paragvay o‘yini 1:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Uchrashuvdagi yagona golni Nikolas Otamendi kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Argentina Paragvay Antonio Sanabriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing