Islomjon Ergashxo‘jayev o‘z lavozimida qoldi

Jamiyat

image

Islomjon Ergashxo‘jayev Jizzax viloyati prokurori lavozimiga qayta tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Islomjon Ergashxo‘jayev Jizzax viloyati prokurori lavozimiga ikkinchi muddatga tayinlandi.

Islomjon Ergashxo‘jayev 1970 yil Toshkentda tug‘ilgan. U Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 1999-2004 yillarda O‘zbekiston Bosh prokuraturasida turli lavozimlarda ishlagan. 2009 yilgacha Toshkent shahar Mirobod tumani prokurori lavozimida ishlagan. 2009-2011 yillarda Ohangaron shahri prokurori etib tayinlangan. 2011 yildan Pskent tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, u 2016 yil 12 avgustdan 14 dekabrgacha Toshkent viloyati hokimi bo‘lgan. Ergashxo‘jayev 2017 yil noyabridan buyon esa  Jizzax viloyati prokurori lavozimida ishlab kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing