Islomshunos olim Ubaydulla Uvatov vafot etdi

Jamiyat

image

Islomshunos olim, professor Ubaydulla Uvatov 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.

Ubaydulla Uvatov 1940 yil 23 fevralda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida tavallud topgan. 1958—1964 yillarda Toshkent davlat universiteti talabasi bo‘lgan. Misr, Iroq va Liviya mamlakatlarida tarjimonlik faoliyati bilan shug‘ullangan.

Ubaydulla Uvatov Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Prezident administratsiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, “Amir Temur”, “Oltin meros” jamg‘armalari, Imom Buxoriy xalqaro markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Xalqaro islom akademiyasida faoliyat olib borgan.

“U yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning hayoti va ilmiy-ma’naviy merosini xalqning ma’naviy mulkiga aylantirish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirdi”, deyiladi xabarda.

Olimning samarali mehnatlari munosib qadrlanib, 2017 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni va 2020 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Ubaydulla Uvatov

Baholaganlar

151

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar