Irlandiya 39 nafar muhojirning qotilini ekstraditsiya qiladi
Olam
−
24 yanvar 2020
3729Irlandiya sudi 39 nafar muhojirning o‘limida ayblangan shimoliy irlandiyalik 23 yashar Imon Xarrisonni Britaniyaga ekstraditsiya qilish haqida hukm o‘qidi. 24 yanvar kuni Irlandiya Yuqori sudi sudyasi Donald Binchi ushbu qarorga kelgan.
Xarrison 2019 yilning 1 noyabr kuni Britaniya ma’murlari tomonidan Dublinda qo‘lga olingan. Unga nisbatan 41 punkt bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. 39 nafar odamni o‘ldirish, odamlarni noqonuniy ko‘chirish va noqonuniy migratsiya ishlarini yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan. Britaniya hukumati Belgiyada ichida murdalar bo‘lgan furgonni aynan Xarrison yetkazib bergan deb hisoblamoqda.
“Men Xarrisonni Buyuk Britaniyaga ekstraditsiya qilish uchun qonuniy to‘siqlar yo‘q, degan xulosaga keldim”, degan sudya Donald Binchi.
Binchining ma’lum qilishicha, ekstraditsiya uchun order berishga tayyor, Shu bilan birga, u apellyatsiyaga ruxsat ham bergan. Xarrison 4 fevral, sud uning ishiga yana qaytguniga qadar qamoqda qoladi.
Ma’lumot o‘rnida, Esseks grafligi politsiyasi 2019 yilning 29 oktyabr kuni Buyuk Britaniyaga Belgiyadan kelgan, ichida 39 nafar murda bo‘lgan yuk mashinasini aniqlaydi. Ularni eng avval Xitoy fuqarolari deyishadi, keyinchalik ularning orasida Vetnam fuqarolari borligi ma’lum bo‘ladi. Qotillikda gumonlanib, 5 kishi qo‘lga olinadi. Ular ichida Shimoliy Irlandiyadan bo‘lgan 25 yoshli Moris (Mo) Robinson va Imon Xarrison ham bor edi. Qolgan uch nafar shaxs garov evaziga qo‘yib yuboriladi.
LiveBarchasi